Asosiy kontentga oʻtish

Biz kim

Deriv – dunyodagi eng yirik onlayn brokerlardan biri. Biz butun dunyo bo‘yicha millionlab ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga forex, aksiyalar va indekslar, kriptovalyutalar, tovarlar va Hosil Indekslar bo‘yicha CFDlar va boshqa derivativlarni taklif etamiz.

Bizning qadriyatlarimiz

Halollik

Biz mijozlarimizga adolat va shaffoflik bilan xizmat ko'rsatamiz. Barcha kontraktlarni qoidalarga muvofiq hal qilamiz va ochiq hamda halol gaplashamiz.

Mijozga yo'naltirilganlik

Biz mijozni birinchi o'ringa qo'yamiz va eng yaxshi mijozlar tajribasini ta'minlaydigan mahsulotlar yaratishga intilamiz.

Kompetensiya

Biz toʻgʻri xulosa chiqarish qobiliyatiga va oʻrganish, rivojlanishga moyilligi bo‘lgan hamkasblarni qadrlaymiz.

Jamoaviy ish

Biz boshqa boʻlimlar bilan kamtarlik va intilish bilan erkin hamkorlik qiladigan jamoa aʼzolarini qadrlaymiz.

Bizning sertifikatlarimiz

Biz Great Place to Work™ sifatida tanilganimizdan va Investors in People doirasida Platinum sertifikatiga ega boʻlganimizdan faxrlanamiz, bu ish joyi madaniyati va xodimlarni rivojlantirishga sodiqligimizni aks ettiradi.

6a61b595d094d475faf55913 gptw new

68de357cf693329952e8fee0 sertifikatlar treyderlar uchun

Bizning tamoyillarimiz

Ishonchli bo‘lish

Biz barcha kontraktlarni adolatli hal qilamiz, barcha depozit va pul yechib olish so'rovlarini tezkor qayta ishlaymiz hamda barcha mijozlarimizga ishonchli yordam va yuqori sifatli savdo tajribasini taqdim etamiz.

Adolatli bo‘lish

Biz barcha mijozlarga adolatli munosabatda boʻlamiz, shikoyatlarni halollik bilan koʻrib chiqamiz va yashirin xarajatlar yoki mijozlarning pul yechib olishiga sunʼiy to‘siqlarsiz raqobatbardosh narxlarni taklif qilamiz.

Shaffof bo‘lish

Biz noaniqlikdan qochish uchun ochiq gapiramiz, barcha kontraktlar shartlarini oshkor qilamiz hamda savdo xavflari va pul ishlash usullarimiz haqida aniq ma'lumot beramiz.

Mas’uliyatli bo‘lish

Biz qattiq sotish usullarini qo'llamaymiz, moliyaviy yoki savdo bo'yicha maslahat bermaymiz, hamda kafolatlangan daromad haqida va'da bermaymiz. Biz zaif odamlarni savdo qilishga undamaymiz va har qanday noqonuniy faoliyatning oldini olish uchun nazorat choralarini joriy qilamiz.

Deriv Group rahbarlari

Jean-Yves Sireau

Jean-Yves Sireau

Asoschi

LinkedIn
Rakshit Choudhary

Rakshit Choudhary

Bosh Ijrochi Direktor

LinkedIn
Joanna Frendo

Joanna Frendo

Bosh Xavf va Muvofiqlik Direktori

LinkedIn
Louise Wolf

Louise Wolf

Hamkor Bosh moliya direktori

LinkedIn

Ajoyib jamoa, tez o'sish

WhatsApp